"Chelsi" 2024/25 yilgi mavsumda Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi. Turnir finalida ingliz klubi "Betis"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hal qiluvchi o‘yin Polshaning Vroslav shahridagi "Vroslav Arena"da bo‘lib o‘tdi.
"Betis" Abde Ezzalzulining goli evaziga 65-daqiqagacha hisobda oldinda borayotgandi. Shundan so‘ng "ko‘klar" ketma-ket to‘rtta gol urishdi - Enso Fernandes, Nikolas Jekson, Jeydon Sancho va Moyses Kaysedo o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ingliz jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer hisobida ikkita assist bor.
"Chelsi" UYEFA erkaklar o‘rtasidagi barcha yirik turnirlar: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Kuboklar kubogi, UYEFA Superkubogi va Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan tarixdagi birinchi klubga aylandi.