Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan ukrainalik futbolchisini sudga berishi mumkin

“Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan ukrainalik futbolchisini sudga berishi mumkin

Angliyaning “Chelsi” klubi hujumchi Mixaylo Mudrik ustidan sudga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Agar Mudrikning doping qoidalarini buzganligi to‘liq isbotlansa, klub unga qarshi mehnat shartnomasini buzganlik uchun da’vo qo‘zg‘atmoqchi. “Chelsi” futbolchini “Shaxtyor”dan 100 million yevroga sotib olgan edi (70+30 bonus). Agar ukrain futbolchisining aybi isbotlansa, bu sarmoya katta xavf ostida qolishi mumkin. Mudrik esa to‘rt yilgacha futboldan chetlashtirilishi mumkin.

Boshqa bir nashr esa klubning sudga murojaat qilishi ehtimoldan yiroq ekanligini ma’lum qilgan. Chunki bu holat “Chelsi” imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va boshqa futbolchilarni jalb qilishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Avvalroq Angliya Futbol Assosiasiyasi (FA) Mudrikni antidoping qoidalarini buzishda aybli deb topgan edi. Biroq bu hali to‘liq isbotlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Mixaylo doping testida musbat natija qayd etilgani uchun vaqtincha futboldan chetlashtirilgandi. U noyabr oyida milliy jamoada o‘ynaganidan so‘ng test topshirgan va shundan beri maydonga chiqmayapti.

Kiritildi: 09:36 21.06.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!