Buyuk Britaniyaning Dover shahrida Chegara xizmati xodimlari kichik qayiqlarda La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tgan noqonuniy migrantlar guruhini qirg‘oqqa olib chiqdi. Bu so‘nggi 11 kun ichida Britaniya qirg‘oqlariga yetib kelgan birinchi migrantlar guruhi bo‘ldi.
Britaniya ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, bu yangi Ichki ishlar vaziri Endi Bernem lavozimga kirishganidan beri mamlakatga yetib kelgan ilk hujjatsiz migrantlar hisoblanadi.
Migrantlar qirg‘oqqa tushirilganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxsini aniqlash va huquqiy maqomini tekshirish uchun dastlabki qabul markaziga olib ketildi.
Kichik qayiqlarda La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tish hozir ham Buyuk Britaniyaga noqonuniy migrasiyaning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakat hukumati chegara xavfsizligini kuchaytirish hamda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy tarmoqlarga qarshi kurashni davom ettirayotganini ma’lum qildi.