Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik mudofaa mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Buyuk Britaniya so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik mudofaa mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Bu haqda Sky News xabar berdi.

​"Albiston Shadow" kodli nom ostidagi mashg‘ulotlar kelasi yili bo‘lib o‘tadi va bir necha kun davom etadi. Ularda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlar va turli idoralarning yuzlab mulozimlari ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlarning aniq ssenariylari hozircha oshkor etilmagan. Mashg‘ulotlar bir necha kun davom etadi va NATOning kattaroq manyovrlari bilan sinxronlashtiriladi.

​Mashg‘ulotlarda keng ko‘lamli kiberhujumlar, muhim infratuzilma ob’ektlarini sabotaj qilish, diversiyalar, terrorchilik hujumlari va harbiy zarbalar vaqtida harakat qilish choralari sinovdan o‘tkaziladi.

Britaniya hukumati, shuningdek, "Hukumat urush kitobi" (Government War Book) deb ataladigan davlatni tinch holatdan harbiy holatga o‘tkazishning keng qamrovli rejasini qayta ko‘rib chiqishni tezlashtirmoqda. Hujjat yirik portlashlar sodir bo‘lganda qurolli kuchlar, hokimiyat organlari, favqulodda xizmatlar va fuqarolik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydi.

Kiritildi: 12:10 15.07.2026. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!