Britaniya hukumati Kanada rahbariyati ostida NATOga a’zo davlatlarning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish uchun tashkil etilayotgan Mudofaa, Xavfsizlik va Barqarorlik Bankiga qo‘shilishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Financial Times gazetasining xabar berishicha, Britaniya hukumatidagi manba buni tasdiqladi.
"Biz buni faol ravishda o‘rganmoqdamiz. Biz qiziqamiz", dedi manba gazetaga.
Hukmron Leyboristlar partiyasidan yana bir noma’lum manba nashrga Bosh vazir Keyr Starmerning oldingi hukumati bu tashabbusni rad etganini, ammo yangi Bosh vazir Endi Bernem davrida "bu g‘oya qayta tiklanganini" aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, DSRBda ishtirok etish Londonga mudofaa xarajatlarini YAIMning 3 foizigacha oshirish bo‘yicha e’lon qilingan maqsadiga erishishga yordam berishi mumkin.