Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxorolik ota bolalari uchun oldindan 145 mln so‘m aliment to‘ladi

Buxorolik ota bolalari uchun oldindan 145 mln so‘m aliment to‘ladi

Qonuniy cheklovlar qarzdor otalarni oldindan aliment to‘lovini amalga oshirishga undamoqda.

Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi fuqaro R.CH. turmush o‘rtog‘i N.SH. bilan bir necha yil muqaddam ajrashgan. Ajrashgandan so‘ng, u voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lab kelgan.

So‘nggi vaqtlarda aliment to‘lovidan qarzdorlik uchun qator qonuniy cheklovlar joriy etilgani R.CH.ni ham mas’uliyatni yanada jiddiy qabul qilishga undagan. Jumladan, aliment qarzdorligi mavjud bo‘lganda chet elga chiqish yoki xorijda ishlash imkoniyatlari cheklanishi mumkinligi uni o‘ylantirgan.

Shu sababli, u sobiq turmush o‘rtog‘i N.SH. bilan o‘zaro kelishuvga erishib, kelgusi 5 yil uchun aliment to‘lovlarini oldindan amalga oshirgan.

Majburiy ijro buyurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, kelishuvga muvofiq, qarzdor ota tomonidan ikki nafar farzandning ta’minoti uchun jami 145 million so‘m aliment pullarini AQSh dollari ko‘rinishida to‘langan.

Bundan tashqari, u farzandlari uchun 3 juft tilla zirak va 3 dona tilla uzukni ham hadya qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!