Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda YTHga uchragan avtobus yuzasidan ayrim mansabdor shaxslarga "ish" ochildi

A A A
Buxoroda YTHga uchragan avtobus yuzasidan ayrim mansabdor shaxslarga "ish" ochildi

Buxoroda avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, darhol tergovga kirishilgan.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda ayrim mansabdor shaxslar maktab bolalarini avtobusda tashish va hamrohlik qilish ishlarini tashkil qilishda qo‘pol qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 20:08 19.03.2024. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!