Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda uyda qulflanib qolgan qizaloq FVV qutqaruvchilari tomonidan qutqarildi

Buxoroda uyda qulflanib qolgan qizaloq FVV qutqaruvchilari tomonidan qutqarildi

Kuni kecha, Buxoro viloyati FVBga "112" tizimi orqali, Shofirkon tumanida joylashgan uylarning birida xonadon kirish eshigi qulflanib qolganligi, uy ichida qizaloq qolib ketganligi va eshikni ochishda amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borishgan. Qutqaruvchilar maxsus narvon orqali uy ichiga kirib, uyning kirish eshigini ochib berishgan hamda qizaloqni yaqinlariga sog‘-salomat topshirishgan.

Kiritildi: 12:00 28.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!