Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti.

Institut tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ishtirokchilarining 72 foizi quyidagi shartlarni o‘z ichiga olgan tinchlik rejasiga rozi bo‘lishi mumkinligini bildirgan: urushni hozirgi front chizig‘ida “muzlatib qo‘yish” va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari — ammo okkupasiya qilingan hududlarni rasman Rossiyaniki deb tan olmasdan. 14 foiz ishtirokchi bunday rejani ham rad etgan.

So‘rovnomada qatnashganlarning faqat 9 foizi Rossiyaning bosqini 2026 yil boshigacha tugaydi deb o‘ylaydi. 14 foiz — kelasi yilning birinchi yarmida tugaydi, deb hisoblaydi. 11 foiz — 2026 yilning ikkinchi yarmini aytgan, 32 foiz esa 2027 yil va undan keyin deb javob bergan. Har uchinchi respondent “bilmayman” deb javob qaytargan.

So‘rov shuni ham ko‘rsatganki, ukrainlarning 63 foizi urushga qancha kerak bo‘lsa, shuncha chidashga tayyor. Yana 15 foizi — olti oy yoki bir necha oy chiday olishini, 1 foiz — taxminan bir yil chiday olishini aytgan. 21 foiz respondent bu savolga javob bera olmagan.

Prezident Volodimir Zelenskiyga respondentlarning 61 foizi ishonadi, 32 foizi esa ishonmaydi. Oktyabr boshida ishonch reytingi deyarli shu ko‘rinishda bo‘lgan: 60 foiz ishonadi, 35 foiz ishonmaydi.

Ehtimoliy prezident saylovlari haqidagi savolga 57 foiz ishtirokchi saylovlarni faqat tinchlik kelishuvi tuzilib, urush to‘liq yakunlangandan keyin o‘tkazish mumkin, deb javob bergan. 25 foiz — o‘t ochish to‘xtatilib, xavfsizlik kafolatlari berilsa, saylov o‘tkazish mumkin, deb hisoblaydi. Faqat 9 foiz ukrain esa jang harakatlari davom etayotgan sharoitda ham saylov o‘tkazilishi kerak, deb o‘ylaydi.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!