Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, "Imudon", "Serebrolizin", "DoFamin", "Maaloks" kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1962 y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.

"Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining:

  • 32 nomdagisi davlat reestrida qayd etilmaganligi,

  • 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi,

  • 6 nomdagisi sifatsizligi,

  • 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi,

  • shuningdek, saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi sababli,

ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 186^3-modda 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, agarda ushbu dori vositalari to‘xtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan bo‘lar edi!

Kiritildi: 13:46 11.07.2025. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!