Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Buxoroda qariyb 1 tonna spirtning noqonuniy savdosi fosh etildi

Buxoroda qariyb 1 tonna spirtning noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Jondor tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan YATT “SH.U.” va fuqaro J.Q.lar o‘zaro til biriktirib, lisenziyasi bo‘lmasa-da kirim hujjatlari va muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan umumiy bahosi 72 mln so‘mlik 1 115 litr etil spirtini birja savdolari orqali Olot tumani tibbiyot birlashmasi va boshqa byudjet tashkilotlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!