Nashrning yozishicha, bu 2012 yildan beri sodir bo‘lgan eng yirik hujumlardan biridir. Mamlakatning bir nechta mintaqalariga, jumladan, poytaxt Bamako, asosiy harbiy baza joylashgan Kati shahri, mamlakat markazidagi aeroport, shuningdek, shimoldagi Gao va Kidal shaharlariga bir vaqtning o‘zida hujum uyushtirilgan.
Hujumchilar motosikl va yuk mashinalarida harakatlanib, ayrim joylarda deyarli qarshilikka uchramagan. Mali mudofaa vaziri Sadio Kamara poytaxt Bamako yaqinidagi Kati shahrida joylashgan uyiga qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, uning qarorgohini xudkush-terrorchi minalashtirilgan avtomobilda portlatib yuborgan.