26 aprel kuni soat 23:10 da “A-373” yo‘lining 93-km qismida HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, 4 ta avtomobil bilan to‘qnashgan.
Oqibatda 2 nafar fuqaro (“Cobalt” haydovchisi va yo‘lovchi) voqea joyida vafot etgan. 4 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.
⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.