Rasmiy Vashington Venesuela hukumati Nikolas Maduroning himoyachi advokatlari xizmati uchun haq to‘lashi mumkinligini tan oldi. Bu masala mazkur ish doirasida bir necha haftadan beri ochiq qolayotgan edi.
Nyu York Janubiy okrugi prokurori Manxetten federal sudiga topshirgan maktubda – AQSh G‘aznachilik departamenti lisenziyalarga o‘zgartirish kiritganini ma’lum qildi. Ushbu o‘zgartirish – Venesuelaning sobiq prezidenti Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning advokatlariga o‘z mamlakati hukumatidan to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
"Voqealarning bunday rivoji – sudya Alvin Xellershteyn hukumatdan mablag‘lar nima sababdan bloklanayotganini qat’iy so‘ragan majlisdan bir oy o‘tib yuz berdi. Sudya hatto, agar Qo‘shma Shtatlar o‘z pozisiyasini o‘zgartirmasa, ishni butunlay tugatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligiga shama qilgandi", – deya xabar bermoqda nashr.
Nikolas Maduro va uning rafiqasi 2026 yil 3 yanvar kuni AQSh kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operasiyada Karakasda qo‘lga olingandi. Ularga Manxettenda narkoterrorizm va kokain kontrabandasini amalga oshirish bo‘yicha til biriktirish, shuningdek boshqa bandlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Maduro va uning ayoli o‘zlarini aybdor deb tan olmagan. Ular Bruklindagi tergov hibsxonasida saqlanyapti. Sud jarayoni bir necha yil davom etishi kutilmoqda.