Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Hujumchi Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etadi. Bu haqda bir muncha vaqt oldin rasman e’lon qilingan edi.

So‘nggi yillarda matbuot Salohning Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi haqida ko‘p bora yozdi. Endilikda Muhammad bir necha yildan buyon Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan «An-Nasr» klubiga o‘tishi mumkin.

Mashhur Goal portalining Okaz nashriga tayanib xabar berishicha, «An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush klubning yozda Salohni sotib olishga bo‘lgan urinishiga «yashil chiroq» yoqqan. Mutaxassis misrlik futbolchini o‘z taktik chizmalariga kiritishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, shu yilning iyun oyida Muhammad Saloh o‘zining 34 yoshini qarshi oladi.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Kiritildi: Bugun 19:17. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!