Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Mamlakatning bir qancha hududlarida, jumladan, poytaxt Bamako va uning atrofidagi harbiy ob’ektlarda keskin to‘qnashuvlar yuz berdi. Mazkur amaliyotlar uchun mas’uliyatni "Al-Qoida"ga aloqador guruhlar va tuareg isyonchilari o‘z zimmasiga oldi. Mali armiyasi hujum qaytarilgani va bir necha yuzlab hujumchilar yo‘q qilinganini ma’lum qildi. ​Qurolli guruhlar Kati shaharchasidagi kazarmalarga, Bamako aeroportiga va shimoldagi Gao hamda Sevare shaharlariga zarba bergan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, shimoldagi Kidal shahri isyonchilar nazoratiga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Vaziyat keskinlashgani sababli Bamako aeroporti yopilgan, hukumat esa poytaxtda uch kunlik komendantlik soati joriy qildi. Hozircha kamida 16 kishi jarohatlangani aytilmoqda, qurbonlar soni haqida aniq ma’lumot berilmagan.

​Kuzatuvchilar buni so‘nggi yillardagi eng yirik va muvofiqlashtirilgan amaliyot sifatida baholamoqda. Mali hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan Moskva ushbu hujumlarni keskin qoraladi. Rossiya TIV guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlar davom etayotganini va ushbu hujumlarni tayyorlashda G‘arb kuchlarining qo‘li bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Assimi Goita boshchiligidagi Mali harbiy hukumati, Rossiya ko‘magiga tayangan holda, mamlakatda xavfsizlikni tiklashga harakat qilmoqda. Hujum qilgan guruhlar esa o‘z bayonotida rossiyalik sheriklarga ataylab zarba bermaganini va kelajakda ular bilan "muvozanatli munosabatlar" o‘rnatish niyatida ekanini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!