Buxoroda D. Rahmatov 5 yil 6 oyga qamalgan. U taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish va boshqa ayblovlar bilan sudlangan.
Himoya tomoni esa ishdagi ayrim dalillar olinishi yuzasidan savol qo‘ymoqda. Jumladan, telefonni ko‘zdan kechirishda ko‘zi ojiz shaxslar xolis sifatida ishtirok etgani aytilmoqda.
Shuningdek, mahkumning taftish shikoyati ko‘rilayotgan paytda koloniyaga bir guruh shaxslar kirib, undan shikoyatini qaytarib olishni talab qilgani haqida da’vo bildirilmoqda.