Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoroda fuqaroning uyiga 2 metrlik ilon kirib oldi

Buxoroda fuqaroning uyiga 2 metrlik ilon kirib oldi

3 may kuni soat 23:41 da "112" qisqa raqami orqali Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi aholi yashash uylaridan biriga ilon kirib qolgani haqida xabar kelib tushdi.

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilar guruhi zudlik bilan hodisa joyiga yetdib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan tezkor va ehtiyotkorlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida ilon uydan aniqlanib, maxsus asboblar yordamida tutib olindi.

Tutib olingan ilon aholi uchun xavf tug‘dirmasligi maqsadida belgilangan tartibda Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonaga topshirilishi ta’minlandi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni shubhali hasharot yoki xavfli hayvonlarni ko‘rgan taqdirda mustaqil ravishda chora ko‘rishga urinmasdan, zudlik bilan 112 raqamiga murojaat qilishlarini tavsiya etadi.

Kiritildi: 14:39 05.05.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!