Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolasini mast holda tashigan haydovchi jazolandi

Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolasini mast holda tashigan haydovchi jazolandi

Romitan tumanida mast holda bog‘cha tarbiyalanuvchilarini tashib ketayotgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Buxoro viloyati YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 aprel kuni YPX xodimlari yo‘lovchi tashuvchi Isuzu rusumli avtobusni to‘xtatgan. Haydovchi dastlab to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan.

Tekshiruv davomida haydovchining mast holatda ekani aniqlangan. Avtobus salonida 40 nafar bog‘cha yoshidagi bola bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida haydovchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari, jumladan transport vositasini mast holda boshqarish, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik hamda yo‘l harakati qoidalarini buzishda aybdor deb topdi.

Qarorga ko‘ra, haydovchi 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, unga 16 million 480 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!