Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini nishonlagan 15 yoshli qiz baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha , qarindoshlar yig‘ilgan tadbirdan so‘ng qiz idish-tovoq yuvayotgan vaqtida quvvatlagichga tegib ketgan va oqibatda uni tok urgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.