Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda 13 nafar korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar ishdan olindi

Buxoroda 13 nafar korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar ishdan olindi

Buxoro viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyasizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlariga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida G‘ijduvon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisda viloyatda jinoyatchilikkning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati tanqidiy tahlil qilinib, bu borada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengash qarori qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, Milliy kengash qarori bilan, viloyatdagi bir qator davlat idoralari va tashkilotlarining 18 nafar turli darajadagi rahbarlariga nisbatan (13 nafar rahbar lavozimidan ozod etish, 3 nafariga nisbatan xizmat tekshirishuvi o‘tkazish hamda 2 nafariga nisbatan hayfsan) jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks "Yo‘l xarita"lari tasdiqlanib, mas’uliyasizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Kiritildi: 16:08 16.05.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!