Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda $105 mlnlik yangi turizm markazi qurilmoqda

Buxoroda $105 mlnlik yangi turizm markazi qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida barpo etilayotgan 50 gektarlik turizm markazidagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Majmuada ikkita mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, muzey, ko‘rgazmalar zali, 2 ming o‘rinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, shuningdek, hunarmandchilik markazlari va sun’iy ko‘l tashkil etiladi.

Markaz to‘liq ishga tushgach, 2 mingta ish o‘rni yaratilishi va Buxoroga qo‘shimcha 2 mlndan ortiq sayyoh jalb etilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:33 03.11.2026. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik