Xesus Ovono Xesus de Migelning o‘limiga olib kelgan qoidabuzarlik uchun diskvalifikasiya qilindi.
Segundaning 12-turi doirasida "Tenerife" va "Andorra" o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 7-daqiqasida darvozabon raqib hujumchisining to‘pni egallashga urinishiga to‘sqinlik qilish maqsadida maydon markazida uni qo‘pol ravishda yiqitdi. Buning uchun darvozabon darhol qizil kartochka bilan jazolandi.
Hujumchi maydonda harakatsiz yotib qoldi. Bir necha soniyadan so‘ng boshqa futbolchilar uning hushidan ketganini payqashdi. De Migel kasalxonaga olib ketildi, biroq u yerda vafot etdi.
Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) intizom qo‘mitasi Ovonoga 12 ta o‘yinga diskvalifikasiya jazosini tayinlashga qaror qildi. Bu tegishli kodeksning 102-moddasi bo‘yicha eng yuqori jazo hisoblanadi.
Shu bilan birga, "Tenerife" futbolchisining vafoti og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholandi va "eng yuqori jazo tayinlanishini asoslovchi omil" deb topildi.