Shohruh G‘iyosov Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, G‘iyosovning keyingi faoliyati ichki ishlar tizimida bo‘lmaydi.
U 2019 yil 10 oktyabrda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — ichki ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlangandi. G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.