Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Traktor" O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Traktor" O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Eronning "Traktor" klubi tarkibdagi yo‘qotishlar sabab transfer bozorida faollashishi mumkin. Tabrizliklar e’tiborini "Persepolis" safida harakat qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runovga qaratgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Javod Nekunam yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun bir nechta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida O‘runovdan tashqari "Persepolis"ning yana bir futbolchisi Amirhusayn Mahmudiy ham bor.

"Traktor"ning yangi yarim himoyachi izlashiga Mehdi Torabining jiddiy jarohati ham ta’sir ko‘rsatgan. Futbolchining qachon safga qaytishi hozircha aniq emas.

Biroq tabrizliklar uchun har ikki transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi mumkin. "Persepolis" o‘z futbolchilarini arzon narxga qo‘yib yuborish niyatida emas. Qolaversa, Mahmudiyga "Gul Guhar" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Nekunam avvalgi chiqishlaridan birida O‘runovni jamoasiga taklif etish imkoniyati haqida fikr bildirgan edi. Shunga qaramay, mutaxassis o‘zbekistonlik futbolchining amaldagi shartnomasi borligi va uni sotib olish yuzasidan hali rasmiy taklif yuborilmaganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 14:17 14.11.2026. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik