Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘ijduvon tumanida "U.SH.R." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 346,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:18 04.12.2025. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!