Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh va Isroil Xomanaiyning joylashuvini qanday aniqladi?

AQSh va Isroil Xomanaiyning joylashuvini qanday aniqladi?

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgan hujum odatdagidek tun yarmida emas, balki ertalab sodir etilgan. BBC tahliliga ko‘ra, bunga sabab AQSh va Isroil hujumdan bir necha soat oldin qo‘lga kiritgan muhim razvedka ma’lumotlari bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, bir necha oy davomida AQSh va Isroil yuqori martabali eronlik amaldorlar bir joyga to‘planishi mumkin bo‘lgan paytni kutgan. Razvedka ma’lumotlari Xomanaiy shanba kuni ertalab Tehron markazidagi binolar majmuasida bo‘lishini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, boshqa yuqori lavozimli harbiy va razvedka rahbarlarining ham ayni vaqtda shu yerda uchrashuv o‘tkazayotgani ma’lum bo‘lgan.

BBC yozishicha, bir necha oy davomida AQSh va Isroil Eron oliy rahbarining harakatlarini kuzatib borgan. Qanday aniq usullar qo‘llangani maxfiy saqlanmoqda. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida bunga ishora qilgan.

«U bizning razvedkamiz va yuqori texnologiyali kuzatuv tizimlarimizdan qochib qutula olmadi», — degan Tramp.

BBC tahliliga ko‘ra, Xomanaiyning joylashuvi haqidagi ma’lumotni joydagi agent yetkazgan bo‘lishi mumkin. Biroq ehtimoliyroq versiya — zamonaviy texnologiyalar orqali boshqa eronlik yuqori lavozimli shaxslarning harakatini kuzatish orqali uning joyi aniqlangan.

Kiritildi: Bugun 10:12. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!