Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Messida ham teskari sanoq boshlanish arafasida turibdi

Messida ham teskari sanoq boshlanish arafasida turibdi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida urilgan gollar soni bo‘yicha 900 talik ko‘rsatkichni zabt etish arafasida turibdi.

Dushanba kuni argentinalik yulduz MLS doirasida "Orlando Siti"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va jamoasiga 4:2 hisobidagi irodali g‘alabani taqdim etdi. Endilikda 38 yoshli futbolchining hisobida butun faoliyati davomida kiritilgan 898 ta gol mavjud. Katta ehtimol bilan, tez orada hujumchi Krishtianu Ronaldudan keyin professional darajada 900 va undan ko‘p gol urgan zamonamizning ikkinchi futbolchisiga aylanadi.

Lionel Messi 2023 yildan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bunga qadar u "PSJ" va "Barselona" klublari ranglarini himoya qilgan. Yulduz futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 10:23. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!