Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron muzokaraga rozi bo‘ldimi?

Eron muzokaraga rozi bo‘ldimi?

Tramp Eron muzokara olib borishni istayotganini va u bunga rozi bo‘lganini aytdi.

AQSh prezidenti bu haqda The Atlantic nashriga bergan intervyusida aytdi.

"Eron buni oldinroq qilishi kerak edi. Ular juda oson va samarali bo‘lgan ishni oldinroq bajarishlari lozim edi. Ular juda uzoq kutishdi. Eron biz bilan ancha avval kelishuvga erishishi mumkin edi, ammo ular haddan tashqari ayyorlik qilishdi", — deya fikr bildirdi Oq uy rahbari.

"Eron rahbariyatidagi ko‘pchilik halok bo‘ldi. Biz muzokara olib borgan ayrim odamlar endi yo‘q, chunki biz juda katta zarbani amalga oshirdik", deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 08:29. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!