Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Buxoro va Xorazmda energiya qonunbuzarliklari: zarar 4,4 MLRD so‘m!

Buxoro va Xorazmda energiya qonunbuzarliklari: zarar 4,4 MLRD so‘m!

"O‘zenergoinspeksiya"ning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi esa energiya resurslaridan foydalanishda davlat nazoratini o‘rnatishdir.

Biroq nazorat ishlari jarayonida energiya resurslaridan foydalanishda qonunbuzarlik holatlari ham aniqlanmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Decha mahallasida yashovchi fuqarolardan biriga tegishli, quvvati 55 kVtni tashkil etuvchi suv nasosiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 406 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Xorazm viloyati Yangibozor tumanida joylashgan “F.G.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtotransportlarga gaz to‘ldirish-kompressor shoxobchasida ham qonunbuzarlik holati qayd etildi. Tekshiruv davomida shoxobchadagi gaz hisoblash uskunasi konfigurasiyasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlandi. Mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 48 million so‘m miqdorida moddiy zarar keltirilgan.

Inspeksiya axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:34 16.05.2025. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!