Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Servisni rivojlantirish bo‘yicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Xorazmga 6 million mahalliy va xorijiy sayyoh olib kelish reja qilingan bo‘lsada, Xorazmga haftasiga 52 ta aviareys va 23 ta poyezd qatnovida tashilayotgan yo‘lovchilar yiliga 800 mingdan oshmayapti. Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning ko‘pchiligi Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun qaytib ketayapti.
Yana bir misol, yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshdi. Ko‘p klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 6 oygacha cho‘zilayotganidan norozi bo‘lib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifini beryapti.
Joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditasiyadan o‘tishga oylab vaqt sarflayapti. To‘siqlar juda ko‘p. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.