Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uning ishdan olinishi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lgan, davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan Malibu-2 mashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan. Avtomashinaga belgilangan jarimalar davlat foydasiga to‘liq undirilgan.
Hozirda mazkur qonunbuzarlikka to‘liq huquqiy baho berish uchun qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.