Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 10 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan zarbalar bergan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning xabar berishicha, Kiyevning olti tumanida hujum oqibatlari qayd etilgan.
"Turar joy binolari, avtomobillar, omborlar, ofis va noturar binolar yonmoqda. Tunggi hujumlar oqibatida kki kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi", — deb yozdi Tkachenko Telegram kanalida.
Tkachenko, shuningdek, Kiyevda havo ifloslanishi kuchayganligi sababli poytaxt aholisidan uylari derazalarini ochmaslikni so‘radi.
"O‘tgan tunda Rossiya Ukraina tomon 18 ta raketa, jumladan ballistik raketalar va taxminan 400 ta dron uchirdi. Hujum deyarli o‘n soat davom etdi. Ruslarning asosiy nishoni poytaxt Kiyev bo‘lgan", — dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.