24 yoshli isroillik askar Daniel Adri G‘azodagi urush va ikki hamqursi halok bo‘lganidan so‘ng olgan ruhiy zarbalar tufayli o‘z joniga qasd qildi. Uning jasadi Sfat shahri yaqinidagi o‘rmonda topilgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u «o‘liklar manzarasi va o‘lim hidi» haqida ko‘p shikoyat qilgan. Adri bir necha marta yordam so‘ragan, ammo rad etilgan. U besh oy avval xizmatdan bo‘shatilgan edi.
"Haaretz" ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan beri kamida 42 nafar isroillik askar o‘z joniga qasd qilgan.