Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi

Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi

Xonanda shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi.

Qayd etilishicha, adliya vazirligi tomonidan muallif Shoxrux Abduvoxidovga tegishli bo‘lgan “Yurak“, “Meni deb oqardi sochlaring ona“, “Ko‘zlaringni qizg‘anma mendan“ va “Barchasini Xudoga soldim“ nomli she’rlar ijrochi Jaloliddin Axmadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:37 10.07.2025. O'qildi: 1354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!