2025 yil 10 iyul tongida Kiyevning Goloseev tumanida Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) polkovnigi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda “RBK-Ukraina”.
Kiyev polisiya boshqarmasi Goloseev tumanida o‘q otuvchi quroldan jarohatlanish bilan erkak kishining jasadi topilganini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.
"SBU va Milliy polisiya jinoyatning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun kompleks choralarni ko‘rmoqda", – deyiladi SBU bayonotida.
Rasmiylar qo‘shimcha izoh berishdan va halok bo‘lgan shaxsning shaxsini oshkor qilishdan ham tiyilishdi, deb yozadi “Suspilne”.
Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Mosiychukning ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan shaxs – SBU polkovnigi Ivan Voronin bo‘lib, u Maxsus operasiyalar markazining 16-boshqarmasi 1-bo‘limida katta operativ xodim bo‘lib ishlagan.
Mosiychukning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi Voroninga besh marta o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Voronin olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.