Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Messi dunyo rekordini o‘rnatdi

Messi dunyo rekordini o‘rnatdi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi deyarli barcha o‘yinlarda rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Argentinalik futbolchi payshanba kuni MLS'ning "Nyu-Inglend Revolyushn"ga qarshi o‘yinida ikkita gol urdi - gollardan biri uzoq masofadan urildi.

AlbicelesteTalk nashrining xabar berishicha, Messi futbol tarixida jarima maydoni tashqarisidan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbalarisiz) zarba yo‘llab, gol urish bo‘yicha yuztalik ko‘rsatkichga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi.

MLS'ning joriy mavsumida Messi jami 14 ta gol urgan. 38 yoshli forvard chempionat to‘purarlari ro‘yxatida "Neshvill" a’zosi Sem Sarridjdan (16 ta) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 10:01 10.07.2025. O'qildi: 1147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!