Superliga 25-turida "Bunyodkor" "Navbahor" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qaldirg‘ochlar" safida Imeda Ashortia tomonidan kiritilgan ikki gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Mezbonlar vingeri Ruslanbek Jiyanov 27-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
"Bunyodkor" 43 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. "Navbahor" 37 ochko bilan 7-pog‘onada.
Superliga, 25-tur
18 oktyabr, shanba, 17:00
Navbahor - Bunyodkor - 0:2
Gollar: 7 - Imeda Ashortia, 21 - Imeda Ashortia
Navbahor: Umidjon Ergashev (Shukron Yo‘ldoshev, 46), Azimjon Ahmedov, Zabihillo O‘rinboyev (Asadbek Jo‘raboyev,84), Saidazamat Mirsaidov (Gilyerme Gedesh, 46), Jamshid Boltaboyev, Ruslanbek Jiyanov, Dostonbek Abdulxayev (Shohmalik Komilov, 46), Pedro Augusto ( Muhammadali G‘iyosov, 46), Muhammadbobir Mo‘ydinov, Abbos G‘ulomov, Igor Gabriel
Bunyodkor: Valijon Rahimov, Najmiddin Normurodov, Imeda Ashortia (Aleksandr Zevadinov,87), Rasul Yuldashov (Martin Shroler,58), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Matiya Krivokapich, 58), Marko Bugarin, Nosirjon Abdusalomov (Mirkamol Annamatov,76) Asadbek Rahimjonov, Itsuki Urata, Abdulazizxon Abdurashidov (Boburbek Yo‘ldashov58), Azizbek To‘lqinbekov
Ogohlantirishlar: Abbosbek G‘ulomov ("Navbahor") 11, Itsuki Urata ("Bunyodkor") 71