Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

Samarqand shahriga kirish yarim oyga yopiladi.

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 30 oktyabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.

Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘nalishlar yaratilgan. Haydovchilarga aylanma yo‘l xaritalarini ko‘rish imkonini beruvchi QR-kodli flayerlar tarqatiladi.

IIV O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Samarqandga safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, YUNESKO konferensiyasi 1985 yildan beri ilk bor Parijdan tashqarida o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:25 20.10.2025. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!