Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bugundan O‘zbekiston-Qatar uchrashuvining chiptalari sotuvga chiqariladi

Bugundan O‘zbekiston-Qatar uchrashuvining chiptalari sotuvga chiqariladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatarni qabul qiladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv uchun chiptalar bugun, 3-iyundan boshlab sotuvga chiqarilgan.

Iticket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat oflayn savdo tartibini joriy etadi.

Chiptalar 3-iyundan boshlab “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi Iticket kassalarida oflayn tarzda sotiladi, deyiladi O‘FA xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chiptalar turli xil narxda — 1-qavatdagi yon tomondagi sektorlar 300 ming so‘m markaziy sektorlar 500 ming so‘mdan, 2-qavatdagi markaziy sektorlar 100 ming so‘m yon tomonlari 75 ming so‘mdan sotilmoqda. Bir kishi 4 tadan oshiq chipta sotib ololmaydi

Kiritildi: 12:44 03.06.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!