Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

BUGUN 1700 DAN ZIYOD MASJIDDA QUR’ONI KARIM XATMONALARI BO‘LADI

BUGUN 1700 DAN ZIYOD MASJIDDA QUR’ONI KARIM XATMONALARI BO‘LADI

Bugun, 26 mart kuni Qadr kechasi oqshomida 27 kun davomida 1700 dan ziyod masjidda xushovoz qorilar tomonidan o‘qilgan Qur’oni karimning xatmonalari bo‘lib o‘tadi. Diyorimiz bo‘ylab xatmi Qur’onlar o‘qilgan masjidlarda yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida xatmonadan keyingi duolarga qo‘l ochishadi.

Ulamolarning ta’kidlashicha, Qur’on xatm qilinganidan so‘ng qilingan duo rad etilmaydi. Chunki Qur’on Allohning kalomi bo‘lib, uni to‘liq o‘qib tugatish ulug‘ ibodat. Bugun dunyoyu oxirat saodatiga erishish uchun iltijo qilish fursatidir.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qur’on xatm qilinganda ijobat bo‘ladigan duo bor”. Bundan kelib chiqadiki, jamoat bo‘lib o‘qilgan namozlar, ayniqsa, xatmi Qur’onlardan keyin qilinadigan duolar ijobat bo‘ladi, insho Alloh.

Alloh taolo barchamizga Qadr kechasi, xatmi Qur’on va jamoat bilan qilinadigan duolar fazlidan bahramand aylasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Kiritildi: 16:20 26.03.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!