Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Budapesht Rossiya gazi importi to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Budapesht Rossiya gazi importi to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Vengriya zarurat tug‘ilsa, Yevropa Ittifoqining Rossiya gazi importini bosqichma-bosqich to‘xtatish bo‘yicha talablarini bajaradi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot va energetika vaziri Ishtvan Kapitan Telex nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bu Yevrokomissiyaning siyosiy qarori. Agar uni bajarish kerak bo‘lsa, bajaramiz», — dedi Kapitan.

Shu bilan birga, vazir vaziyatga optimistik qarayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, mazkur qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan sharoitlar kelgusida o‘zgarishi mumkin. Bunday holatda Vengriya uchun Rossiya gazi importini to‘liq to‘xtatish talabi amalda boshqacha tus olishi mumkin.

Kapitan, shuningdek, Vengriya Rossiya gazisiz ham mamlakat ehtiyojini boshqa manbalar hisobidan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini aytdi.

EIning REPowerEU qoidalari Rossiyadan gaz importin bosqichma-bosqich to‘xtatishni nazarda tutadi. Rossiya suyultirilgan tabiiy gazi importi 2026 yil oxirigacha, quvur orqali yetkazib beriladigan gaz esa 2027 yil kuziga qadar to‘xtatilishi rejalashtirilgan. Ayrim holatlarda quvur gazi uchun muddat uzaytirilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:23. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!