Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"da boshqa o‘ynamasligi mumkin

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"da boshqa o‘ynamasligi mumkin

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Portugaliyalik yarim himoyachiga hamon Saudiya Arabistoni chempionati vakillari da’vogarlik qilmoqda. Transfer News Live nashrining Football Insider’ga tayanib xabar berishicha, Fernandesh "qizil iblislar" safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. 31 yoshli futbolchi jarohat tufayli taxminan yanvar oyi o‘rtalarigacha safdan chiqqan - Saudiya klublari shu vaqtgacha uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

O‘tgan yozda Brunu Fernandesh Saudiya Arabistonidan uchta taklifni rad etgandi. Yulduz xavbekning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko‘ra 40 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 07:29. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!