Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Braziliyalik futbol afsonasi yong‘in oqibatida kasalxonaga tushib qoldi

Braziliyalik futbol afsonasi yong‘in oqibatida kasalxonaga tushib qoldi

"Bavariya" va "Inter" sobiq futbolchisi Lusio baxtsiz xodisa natijasida kuyish jarohatini oldi.

Bu haqda "Globo" xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, payshanba kuni Lusioning uyida kamin portlagan. Braziliyalik futbolchi kasalxonaga yotqizilgan. Sobiq futbolchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda va u hushida.

Lusio faoliyatini 2020 yilda yakunladi. Himoyachi Yevropada "Bayer", "Bavariya" va "Inter" jamoalarida to‘p tepgan. "Bavariya" bilan 3 marta Bundesliga va Germaniya Kubogini qo‘lga kiritgan. "Inter" bilan birgalikda Italiya chempioni bo‘lgan va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 23:23 20.05.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!