Bu haqda Rio Grande-du-Sul shtati huquq-tartibot idoralari ma’lum qildi.
“Rio-Grande-du-Sul fuqarolik polisiyasi shanba kuni Kopakabana shahrida bo‘lib o‘tgan Ledi Gaga kontsertidagi portlashning oldini olgan “Soxta yirtqich hayvon” operasiyasida ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idoralari terakt uyushtirgani taxmin qilinayotgan o‘smirlarni “qo‘lbola portlovchi moddalar yordamida” hujumni amalga oshirishga jalb qilganini aniqladi. Operasiya doirasida to‘qqizta shaharda qidiruvlar o‘tkazildi; erkak noqonuniy qurol saqlagani uchun qo‘lga olindi, o‘smir esa bolalar pornografiyasini saqlagan holda topildi.
G1 portalining yozishicha, Ledi Gaganing Kopakabana plyajida tomoshabinlar uchun bepul bo‘lgan konsertiga 2 milliondan ortiq odam yig‘ilgan.