Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Braziliya maktablarida rus tili chet tili sifatida o‘qitiladi

Braziliya maktablarida rus tili chet tili sifatida o‘qitiladi

Braziliya Ta’lim vazirligi mamlakatdagi ayrim maktablar o‘quv dasturiga rus tilini chet tili sifatida kiritishga rozilik bildirdi. Bu haqda Rossiya Ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 22 iyul kuni ikki mamlakat ta’lim idoralari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda Braziliyada rus tilini ommalashtirish va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Rossiya Ta’lim vazirligi bayonotida tomonlar bolalar dam olishi va sog‘lomlashtirish, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi sohalarida qo‘shma ta’lim tashabbuslarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlagani qayd etilgan.

Rossiya tomoni ta’lim sohasida doimiy muloqotni davom ettirish va to‘plangan tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirgan.

Braziliya Ta’lim vazirligi esa rus tilini o‘qitish dasturini amalga oshirishda malakali o‘qituvchilar tayyorlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:20 23.07.2026. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!