Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) UYEFA Chempionlar Ligasi pley-offida "Benfika" va Madridning "Real"i o‘rtasida bo‘lib o‘tgan (0:1) uchrashuvdan keyin rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Ushbu o‘yinda "qaymoqranglar" vingeri Vinisius Junior irqchilik haqoratlariga duch kelgandi.
X ijtimoiy tarmog‘ida joylangan bayonotda CBF braziliyalik futbolchi bilan yakdilligini bildirdi:
"Braziliya futbol konfederasiyasi Lissabonda "Benfika"ga gol urganidan keyin seshanba kuni navbatdagi irqchilik harakati qurboniga aylangan Vinisius Junior bilan birga ekanini bildiradi.
Irqchilik — jinoyat. Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Futbolda ham, boshqa joyda ham uning o‘rni yo‘q. Vini, sen yolg‘iz emassan. Sening harakating — jasorat va qadr-qimmat namunasi. Biz sen bilan faxrlanamiz. Diskriminasiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi qat’iy kurashamiz. Biz sening yongingdamiz. Har doim".
CBF Vinisiusni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va futbolda diskriminasiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi ekanini ta’kidladi.