Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Braziliya Anchelottiga rekord darajadagi shartnoma taklif qilmoqda

Braziliya Anchelottiga rekord darajadagi shartnoma taklif qilmoqda

Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) rahbariyati Karlo Anchelotti bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning maoshi yiliga taxminan 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Bu esa uni dunyodagi eng ko‘p haq oluvchi milliy terma jamoa murabbiyiga aylantiradi.

Mutaxassisning amaldagi kelishuvida, agar Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqsa, 5 million yevro miqdorida qo‘shimcha bonus olishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2025 yilning may oyida Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa shu paytgacha 8 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Avvalroq 66 yoshli mutaxassis "Milan", "Real Madrid", "Yuventus", "PSJ", "Bavariya", "Everton" va "Napoli" kabi nomdor klublarni boshqargan.

Kiritildi: 23:35 22.02.2026. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!