Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bozorda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Bozorda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar O.E. va J.S. o‘zaro til biriktirib, «Mirbozor bozori» MCHJ hududida «Paynet» xizmati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolarning plastik kartasiga jami 5,6 mln so‘m pullarni o‘tkazib, evaziga qalbaki 500 AQSh dollarini berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 02:20 22.01.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!