“O‘zbekneftgaz” va Xitoyning CCDC kompaniyasi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuz bergan avariyani bartaraf etish ishlarini tezlashtirishga kelishdi.
Ob’ektga maxsus uskunalar va malakali mutaxassislar jalb qilinib, qutqaruv-burg‘ilash ishlari yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilgan.